Фоновое видео
Buyurtmani yetkazib berish
O'zbekiston bo'ylab barcha viloyatlarga yetkazib berish tekin. Buyurtma berilgandan so'ng, biz siz bilan bog'lanamiz. Buyurtmani 1-2 ish kunida qabul qilib olishingiz mumkin bo'ladi. To'lovni o'zingizga qulay bo'lgan har qanday bank kartalari orqali bizning kartamizga ko'chirib berishingiz mumkin.
Ramkali asal o'zining tozaligi va tabiiyligi bilan ajralib turadi. Mum uyachalar asalarilar tomonidan tabiiy jarayon orqali yaratiladi. Foydali moddalarning ko'pligi: ramkali asal tarkibida asal, mum, propolis va polen (gul changi) bo'lib, bularning barchasi inson salomatligi uchun juda foydali. Mumning foydalari: asalning mumini chaynash orqali og'iz bo'shlig'ini tozalash, tish va milk salomatligini yaxshilash mumkin. Immunitetni mustahkamlash: ramkali asal tarkibida vitaminlar, minerallar, aminokislotalar va antioksidantlar mavjud bo'lib, ular immunitetni oshiradi va umumiy salomatlikni qo'llaydi.
Qanday ishlatiladi? To'g'ridan-to'g'ri iste'mol qilish: asalni mum uyachasi bilan birga chaynash orqali. Choy yoki ichimliklarga qo'shish, mum uyachasi bilan asalni issiq ichimliklarga solib, iste'mol qilish mumkin. Uy sharoitida kosmetika tayyorlash, ramkali asalni tabiiy yuz niqoblari va terini parvarishlash mahsulotlariga qo'shish mumkin.
Ramkali asal ishlab chiqarish jarayonida asalarilar salomatligi va uyadagi muhit muhim hisoblanadi. Asal uyasi bilan sotiladigan mahsulotlar hech qanday qayta ishlashdan o'tmaydi, bu esa uning tabiiyligini ta'minlaydi.

Ramkali asal. Asalari uyasi

500.000 So'm/ramka
Ramkali asal bu asalarining inidagi tabiiy mumli uyasida saqlanadigan holatda sotiladi. Asal to'g'ridan-to'g'ri asalarilar tomonidan ishlab chiqarilgan mum uyachalarida bo'lib, uni maxsus ramkalarda taqdim etamiz. Har bir ramkada o'rtacha 1.7-2 kg atrofida asali bo'ladi. Narxi esa o'rtacha 450-500 ming atrofida chiqadi. Buyurtma berilganda bepul yetkazib beramiz.


Ramkali asal. Asalari uyasi
O'zbekistonda tayyorlangan
Tabiiy
toza
ASAL
Tezkor havola
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor ko'chasi, 3-mavze, 1-uy
Aloqa
Tarmoqlarda
© ATT | Barcha huquqlar himoyalangan
Made on
Tilda